PET-EDU’da o‘quvchi o‘zini anglaydi, maqsad qo‘yadi, ongli tanlov qiladi va o‘sishini ko‘radi. O‘qituvchi esa har bir o‘quvchining 8 ta ko‘nikma bo‘yicha rivojini bitta ekranda kuzatadi.
2027-yilga qadar kasbiy ko‘nikmalarning 44 foizi yangilanadi. Bugungi o‘quvchiga o‘z taraqqiyotini ongli loyihalash, qadriyatga asoslangan tanlov qilish va raqamli vositalar bilan o‘sishini boshqarish ko‘nikmasi zarur.
Qadriyatlar testi va diagnostika o‘quvchiga “Men kimman, nimaga intilaman?” savoliga javob topishda yordam beradi.
Milliy meros asosidagi axloqiy kazuyslarda har bir tanlovning oqibati ko‘rsatiladi — o‘quvchi mas’uliyatni his qiladi.
8 komponent bo‘yicha profil, e-portfolio va “boshida → hozir” taqqoslash o‘sishni aniq ko‘rsatadi.
Platforma dissertatsiyada ishlab chiqilgan modelning raqamli ko‘rinishi. Blokni tanlang — uning mazmuni ochiladi.
Ilmiy bosqichlar o‘quvchiga tushunarli tilda yo‘l xaritasi sifatida taqdim etiladi. Sikl tugagach, yangi darajada qaytadan boshlanadi.
Qadriyatlar, qiziqishlar va hayotiy mo‘ljallar diagnostikasi, motivatsiya.
Trayektoriya, qadriyatlar va milliy meros haqida tizimli bilim.
Bilimni amalda qo‘llash: axloqiy kazuyslar, tanlov va oqibat.
Refleksiv kundalik, SMART maqsadlar va e-portfolio.
4 mezon bo‘yicha darajani aniqlash, “boshida → hozir” taqqoslash.
Shaxsiy ta’lim trayektoriyasini loyihalash ko‘nikmasi sakkiz o‘zaro bog‘liq komponentdan iborat. Milliy naqshdagi sakkiz qirrali yulduz — ularning yaxlitligi ramzi. Biri sust bo‘lsa, butun trayektoriya zaiflashadi.
O‘z imkoniyatlari, qiziqishlari, kuchli va zaif tomonlarini bilish va baholash.
Murakkab menyular yo‘q. O‘quvchi yo‘l xaritasi bo‘ylab yuradi, o‘qituvchi esa butun sinfni bir qarashda ko‘radi.
Ota-ona hech qanday ro‘yxatdan o‘tmasdan farzandining portfolio va yutuqlarini telefonda ko‘radi. Havolani faqat o‘quvchining o‘zi ulashadi.
Faqat ko‘rish rejimiYusuf Xos Hojib dostonidagi to‘rt qahramon hayot yo‘lini tanlashdagi to‘rt qadriyatni ramzlashtiradi. O‘quvchi har bir qahramon bilan suhbatlashib, tanlov qiladi va oqibatini ko‘radi.
Tarbiyaning eng muhim mahsuli — o‘z-o‘zini tarbiyalovchi shaxsdir.
V.A. Suxomlinskiy
2023–2026-yillarda 3 viloyatdagi 8 maktabda 206 nafar tajriba va 211 nafar nazorat guruhi o‘quvchisi ishtirok etdi.
O‘qituvchi uchun: sinfni qo‘shing, QR-kartochkalarni chop eting — o‘quvchilar bir daqiqada ishga tushadi.